loader


AYRIM TADBIRKORLAR “XECH KIM BIZGA TEGA OLMAYDI” QABILIDA O’Z BILGANLARICHA FAOLIYAT KO’RSATISHMOQDA


“Xorazm xaqiqati” gazetasining 2019 yil 18-dekabrdagi 100-sonida berilgan “Bozorlarda ahvol qanday, loqaydlik e’tiborsizlik qachon barham topadi” nomli maqolada “Urganch buyum savdo kompleksi” hududida sanitariya qoidalariga mos kelmaydigan tamaddixonalar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari to’g’risida tanqidiy mulohaza bildirilgan.

Ushbu ma’qola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Bozorlarda belgilanmagan, sanitariya, yong’in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, bozorni tasdiqlangan qurilish loyixasida ko’rsatilmagan  joylarda, umumiy ovqatlanish, kabobxona, somsaxona, gamburger shaxobchalari tashkil qilingan. Shaxobchalar joylashgan binolarning deyarli barchasi savdo faoliyatiga moslashtirilgan, shuning uchun tashkil qilingan umumiy ovqatlanish shaxobchalarida sanitariya, yong’in xavfsizligi talab va qoidalariga rioya qilish imkoniyatlari mavjud emas. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi  28.08.2012 yilgi №253-sonli qarorida bozorlardagi bino va inshoatlarga egalik va nazorat qilish bozor ma’muryatiga yuklatilgan. Yuqoridagi faoliyatlari bo’yicha tadbirkorlar bozor ma’muryati bilan shartnomalar qilgan holda xizmat ko’rsatmoqdalar.       

Buyum bozori hududidagi umumiy ovqatlanish shaxobchalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Urganch shaxar SEOM tomonidan bir qancha profilaktik-targ’ibot tadbirlari amalga oshirilishiga qaramasdan ushbu hol xozirgacha davom etmoqda. Yil davomida “Urganch buyum savdo kompleksi” boshqaruvi raisi nomiga yuqoridagi holatlarni oldini olish, sanitariya qoidalariga mos kelmaydigan tamaddixonalarni barchasini bozordagi oshxona uchun mo’ljallangan boshqa binolarga ko’chirib o’tkazish to’g’risida ko’rsatma xatlari berilgan, undan tashqari buyum bozorida va Urganch shaxar SEOM binosida bozordagi umumiy ovqatlanish korxonalari raxbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishlarda tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, berilgan tavsiyalarga e’tiborsizlik bilan yondoshib kelinmoqda.

Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda, ularni xar tomonlama qo’llab quvvatlanishi, ularning faoliyatiga to’sqinlik qilmaslik to’g’risidagi olib borilyotgan chora-tadbirlar ayrim tadbirkorlar tomonidan noto’g’ri talqin qilinmoqda, belgilangan qoida va me’yorlarga rioya qilmasdan “Xech kim bizga tegolmaydi” qabilida o’z bilganlaricha faoliyat ko’rsatishmoqda.

Bozor ma’muriyatiga ko’rsatma xatlar berilgan va yuqoridagilardan bilish mumkinki, bozor mutassadi xodimlari berilgan tavsiya va ko’rsatmalarga e’tiborsizlik bilan qaramoqda. Jumladan: Buyum bozori raisi nomiga “Bozordagi bitta xonadan tashkil topgan, sanitariya-qoidalariga mos kelmaydigan do’konlardagi ovqatlanish shaxobchalarini boshqa talabga javob beradigan binoga ko’chirib o’tkazish” to’g’risida 2019 yil 8 avgust kungi 6/2478-sonli tavsiya xati, buyum bozoridagi xar bir oshxona raxbariga 2019 yil 9 sentyabr kungi 6/2667-sonli talabnoma xatlari berilgan. Undan tashqari bozordagi barcha ovqatlanish shaxobchalari raxbarlari ishtirokida 2019 yil 13 mart kuni, 2019 yil 8 avgust kunlari bozor ma’muriyati binosida, 2019 yil 14 oktyabr kuni shaxar SEOM binosida yig’ilishlar o’tkazilib, sanitariya qoidalariga mos faoliyat yuritish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Gazetada qayd qilingan tanqidiy holatlarni oldini olish bo’yicha SEOM malakali xodimlari ishtirokida navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazilib, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, bozordagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xorazm viloyat SEO markazi.